Manolas "Napoli" bilan kelishuvga erisha olmayapti
Rimning "Roma" klubi himoyachisi Kostas Manolas "Napoli"ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Football Italia nashrining yozishicha gretsiyalik futbolchi va neapolliklar dastlab 3,5 mln evro maoshga kelishib olishgan bo‘lishsada, uning agenti Mino Rayola so‘nggi damda maoshni 4 mln evroga oshirishni talab qilgan. Ayni damda muzokaralar davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Manolas “Roma” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum A Seriyada 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar