
Manjukich "Yuventus"dan nega ketmoqchi?
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Mario Manjukich jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra xorvatiyalik futbolchi “keksa sinora” bosh murabbiyi Mauritso Sarri uni Chempionlar ligasi guruh bosqichi qaydnomasiga kiritmaganidan ranjigan.
Aytish kerakki, hozir Evropada transferlar oynasi yopilib bo‘lgan. Biroq, Manjukichda Qatardan takliflar bor.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Manjukich “Yuventus”da 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 162ta o‘yinda maydonga tushdi va 44ta gol urib, 24ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar