
Manening jarohati haqida ma’lumot berildi
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane jarohat oldi. Oxirgi soatlarda OAVda futbolchining Senegal terma jamoasi safida jahon chempionatida o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi, degan qarama-qarshi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Shu bois, "Bavariya" Manening ahvoli haqida ma’lumot berdi.
"Verder"ga qarshi o‘yinda Mane o‘ng oyog‘idan jarohat oldi. Myunxen klubining xabar berishicha, hujumchi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Shalke-04"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Mane keyingi kunlarda yana ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. "Bavariya" Senegal futbol federatsiyasi tibbiy xodimlari bilan aloqada ekanliklarini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr, yakshanba kuni Qatarda JCh-2022 musobaqasi boshlanadi.
Fikrlar