Mane: Agar "Liverpul" chempion bo‘lmasa, buni to‘g‘ri tushunaman

  • 8 aprel, 2020, 18:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi forvardi Sadio Mane Angliya premer-ligasining koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlanishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Liverpul” 29 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti”dan naqd 25 ochkoga ilgarilab ketganini ham eslatib o‘tish lozim.

“Men g‘alaba qozonishni va sovrin yutishni xohlayman. Ammo, hozirgi vaziyatni tushunaman va nima bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday qarorni qabul qilaman. Ha, “Liverpul” chempion bo‘lmasa, buni qabul qilish qiyin. Ammo, hozir butun dunyo qiyin ahvolda. O‘zimga keladigan bo‘lsak, chempion bo‘lish - mening orzuim va men buni bu yil sodir bo‘lishini xohlayman. Agar bu sodir bo‘lmasa ham to‘g‘ri tushunaman va kelgusi mavsumda chempion bo‘lishga umid qilaman”, - deydi Mane.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!