
Mane afrikalik futbolchilar ichida to‘rtinchi bo‘ldi
“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane bugun “Bornmut”ga (2:1) qarshi o‘yinda g‘alaba golini kiritdi.
E’tiborlisi, bu 27 yoshli senegallik futbolchi uchun APLdagi 80-gol bo‘ldi. Shu tariqa Mane premer-ligada 80 ta gol urgan afrikalik 4-futbolchi bo‘ldi.
Bungacha Yakubu Ayegbeni (Nigeriya, 95 gol), Emmanuel Adebayor (Togo, 97) va Dide Drogba (Kot-d’Ivuar, 104) ushbu natijani qayd etgan edi.
Fikrlar