
Manchesterliklar “Chelsi” bilan kelisholmay qoldi
Angliya Premer-ligasining ikki klubi – “Manchester Yunayted” va “Chelsi” argentinalik futbolchi Alexandro Garnachoning transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.
Football.London nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar 21 yoshli qanot hujumchisining transferi uchun badal summasini kelisha olmay qoldi.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar o‘z o‘yinchisini 50 million funtga baholamoqda. “Chelsi” klubi mutasaddilari esa, “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan o‘yinchi uchun 30 million evrodan ko‘p pul to‘lamasligini bildirdi.
Garnachoning o‘zi “Manchester Yunayted” rahbariyatiga murojaat qilib, “Chelsi”ga o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi.
Alexandroning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq jamoani Ruben Amorim qabul qilib olganidan keyin Garnacho murabbiylar shtabi uchun keraksiz o‘yinchiga aylanib qoldi.
Fikrlar