“Manchester Yunayted”ning yozdagi asosiy transfer nishoni belgilandi

  • 20 yanvar, 2022, 14:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mavsum yakunlangach, birinchi bo‘lib “Vest Xem” yulduzi Deklan Raysni olishga qaror qildi. Biroq "bolg‘aurarlar"ni bu transferga ko‘ndirish oson bo‘lmaydi. 

Tecno

Klub mutasaddilari 22 yoshli yarim himoyachi yordamida maydon markazini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Manchesterliklar Deklanni bir necha mavsumdan beri sinchiklab kuzatib kelmoqda va bu futbolchi muntazam barqaror o‘yin ko‘rsatayotgani bilan ko‘p grandlarning  e’tiborini qozongan.

“Vest Xem” etakchisi Deklan Rays joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 marotaba maydonga tushib, uchta gol va to‘rtta golli pas muallifi bo‘ldi.

Iste’dodli yarim himoyachi 2019 yildan beri Angliya terma jamoasiga muntazam jalb qilinmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!