“Manchester Yunayted”ning so‘ngan yulduzi yangi jamoa qidirishni boshladi
“Manchester Yunayted”ga katta umidlar bilan olib kelingan Antoni Marsyal bu jamoada o‘z iqtidorini to‘liq namoyon qila olmadi.
Frantsiyalik yulduz bugungi kunda manchesterliklarga kerak bo‘lmay qolgan. Uning shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Rahbariyat futbolchiga yangi shartnoma berilmasligini rasman e’lon qildi.
Endi Marsyal o‘ziga yangi ish joyi qidirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, tajribali forvard o‘z xizmatini “Inter”ga taklif qilgan.
Football Italia nashrining yozishicha, Antoni Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoada o‘ynashni istayapti. “Inter”ni tajribali hujumchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritish imkoniyati qiziqtirishi mumkin.
Lekin Antoni Marsyal maoshining katta qismidan voz kechishiga to‘g‘ri kelyapti. Hozir u manchesterliklardan haftasiga 220 ming funt maosh olyapti. Boshqa ligalarda o‘yinchilarga bu qadar katta pul to‘lanmaydi.
Yanvarda “Manchester Yunayted” Marsyalni “Fenerbahche, “Marsel” va Saudiya Arabistoni klublariga sotib yuborishga harakat qilgandi. Futbolchi jamoadan ketishga ko‘nmadi.



Fikrlar