“Manchester Yunayted”ning mashhur hujumchisi klubdan ketganini e’lon qildi

  • 28 may, 2024, 10:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning frantsiyalik legioneri Antoni Marsyal klubdan ketganini e’lon qildi.

Tecno

- “Manchester Yunayted” har doim qalbimda qoladi. Bu klub faoliyatimda chuqur iz qoldirdi va menga sizlarning ro‘parangizda o‘ynash imkonini berdi.

O‘z oldimga yangi vazifalarni qo‘ygan holda klubdan ketyapman. Lekin har doim o‘zimni “Yunayted” a’zosi sifatida his qilaman, klub natijalarini alohida maroq bilan kuzatib boraman, - dedi Antoni Marsyal.

Marsyal Manchesterga 2015 yili "Monako"dan transfer qilingan edi. U keyingi paytda asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotib qo‘ydi.

Mashhur hujumchi erkin agentga aylanish arafasida turgan bo‘lsa-da, hozircha unga Evropaning biror klubi qiziqish bildirayotgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!