
"Manchester Yunayted"ning "Barselona"ga qarshi o‘yin qaydnomasi e’lon qilindi
Xabaringiz bor joriy haftada “Manchester Yunayted” EChL chorak final javob bahsi doirasida “Nou Kamp”da “Barselona” mehmoni bo‘ladi.
Mankuanliklar bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher esa ushbu uchrashuvda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan iborat qaydnomani e’lon qildi.
Darvozabonlar: David De Xea, Serxio Romero, Li Grant;
Himoyachilar: Diogu Dalot, Matteo Darmian, Fil Jons, Viktor Lindelyof, Markos Roxo, Kris Smolling, Lyuk Shou, Eshli Yang;
Yarim himoyachilar: Skott Maktominey, Xuan Mata, Nemanya Matich, Andreas Pereyra, Pol Pogba, Fred;
Hujumchilar: Jessi Lingard, Romelu Lukaku, Antoni Martial, Aleksis Sanches, Markus Reshford.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Manchester Yunayted” jamoalari o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, “Old Trafford”dagi dastlabki o‘yinda kataloniyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Fikrlar