"Manchester Yunayted"ga xarakterli futbolchi keldi

  • 23 avgust, 2022, 16:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan yaqinda “qizil iblislar” safiga qo‘shilgan Kazemiro haqida gapirdi.

Tecno

"U juda kuchli futbolchi hisoblanadi. Menimcha, u jamoani barqaror o‘ynashiga yordam bera oladi. Shuningdek, hujum va himoya o‘rtasidagi muvozanatni yaxshi saqlay olishiga ishonaman. Uning kelishi jamoaga g‘alaba qozonish mentalitetini qaytara oladi. U kuchli xarakterga ega futbolchi”, - deya Varanning so‘zlarini keltiradi “Sky Sports” nashri.

Ma’lumot o‘rnida Kazemiro "Real" tarkibida 18 ta sovrin yutgan.

Kelishuv 60+10 million evro evaziga amalga oshiraldi. “Qizil iblislar” va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!