“Manchester Yunayted”ga ishonmayman, ketaman!

  • 25 oktabr, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarbiyaanuvchisi Markus Reshford jamoasining kelajagi porloq ekaniga shubha bilan qaramoqda va yozda boshqa klubg o‘tmoqchi.

Tecno

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, tajribali hujumchi o‘z agentidan faoliyatida boshqa joyda davom ettirish bo‘yicha bir necha variant topishni so‘ragan.

Manbaga ko‘ra, Markus manchesterliklarning hozirgi  loyihasi muvaffaqiyat qozonishiga umuman ishonmayapti. Reshford loyihani etarli darajada mukammal emasligi va klubga barqarorlik etishmayotganini ta’kidlagan.

Reshford hatto mavsum tugashini ham kutmoqchi emas. U qishki transferlar vaqtida Evropaning boshqa grand klubiga ko‘chib o‘tishni mo‘ljallagan.

Angliyalik hujumchining manchesterliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan. Uning transferini 60 million evroga hal qilish mumkinligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!