
"Manchester Yunayted" yangi murabbiy qo‘l ostida g‘alaba qozondi, "Tottenxem" esa raqibni ayab o‘tirmadi
APL 15-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Fredning 77-daqiqada urgan goli amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "qizil iblislar" ochkolari sonini 24 taga etkazgan holda, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 16 ochkoga ega "Kristal Pelas" esa 12-pog‘onani band etgan.
Shuningdek, "Tottenxem" ham bu turda 3 ochko qo‘lga kiritdi. "Norvich"ni o‘z maydonida qabul qilgan "shporlar" Moura, Sanches va Sonning gollari evaziga yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar