“Manchester Yunayted” yana uch nafar futbolchini haydaydi

  • 12 noyabr, 2023, 15:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarkibini isloh qilishda davom etadi. Murabbiylar shtabining fikricha, ayni paytda tarkibda bosh murabbiy Erik ten Xag g‘oyalarini o‘ziga singdirilmagan futbolchilar bor.

Tecno

Angliyaning jurnalist Ken Lourensning xabar berishicha, Erik ten Xag uch nafar futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Niderlandiyalik mutaxassisni Antoni, Jeydon Sancho va Antoni Marsyal qoniqtirmayapti va ularning jamoaga keragi bo‘lmay qoldi.

Manchesterliklar uch nafar futbolchini yanvar oyida boshqa klublarga o‘tkazib yuborishga tayyor. Buning uchun sport direktori xizmatidagi mutaxassislar ularga yangi jamoa topishga harakat qilishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!