
“Manchester Yunayted” xodimlarga tahdid qilyapti
“Manchester Yunayted” rahbariyati xodimlarini ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda nufuzli The Telegraph nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, mutasaddilar ijtimoiy tarmoqlarda klubdagi ishlar va uning xo‘jayinlari haqida salbiy ma’nodagi ma’lumotlarning tarqatilishidan norozi bo‘lgani uchun shunday yo‘l tutmoqda.
“Manchester Yunayted” bosh direktori Omar Berrada barcha xodimlarga 580 ta so‘zdan iborat erektron maktub yubordi.
- Klub haqida undan tashqarida turli xabarlarni tarqatadigan har qanday shaxs maxfiylik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzgan hisoblanadi. Biz shuni aniq qilib uqtiramizki, bu holat qo‘pol qoida buzilishidir.
Klub va uning xodimlarini himoyalash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Ular kelajakda klub konfidentsialligi buzilishining oldini olishda va aybdorlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi, - deyiladi xabarda.
Avvalroq, klubning yangi rahbariyati taomlanish va kontselyariya mahsulotlari ishlatilishida tejamkorlik qoidalarini kiritgan edi.
Fikrlar