
"Manchester Yunayted" Ten Xag bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
"90min"ning ma’lum bo‘lishicha, "qizil iblislar" bosh direktori Richard Arnold va klub sport direktori Jon Murto niderlandiyalik mutaxassisning ishidan mamnun.
2022 yilning yozidan beri "Manchester Yunayted"ni Ten Xag boshqarmoqda. 53 yoshli mutaxassisning ingliz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar APL 6-turidan so‘ng 9 ochko jamg‘argan hodla 9-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar