"Manchester Yunayted" Ronalduga qo‘yilgan ayblovlarga javob qaytardi

  • 23 sentabr, 2022, 22:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi hujumchi Krishtianu Ronalduga qarshi Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan ilgari surilgan ayblovlarga javob qaytardi.

Tecno

“Biz futbol assotsiatsiyasining Krishtianu Ronaldu haqidagi bayonotini ko‘rib chiqdik. Biz futbolchini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz", - deyiladi MYu rasmiy saytida.

Ayblov aprel oyida portugaliyalik forvard autizmga chalingan bolaning telefonini sindirib tashlagan voqeadan kelib chiqqan. Epizod APLning 32-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ning "Everton"ga (0:1) qarshi o‘yinidan so‘ng yuz berdi. Ko‘p o‘tmay hujumchi boladan uzr so‘radi.

23 sentyabr kuni FA Ronalduni ushbu hodisa uchun aybladi. Bayonotda hujumchining final hushtagi chalingandan keyin xatti-harakati noto‘g‘ri yoki tajovuzkor bo‘lgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!