“Manchester Yunayted” raqobatda “Real”ni engdi

  • 17 iyul, 2024, 23:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va “Real” bir necha hafta davomida “Lill” himoyachisi Leni Yoro uchun o‘zaro raqobat olib bor.

Tecno

18 yoshli futbolchi garchi faqat “Real”ga o‘tish istagini bildirgan bo‘lsa-da, manchesterliklar bergan taklif uning rejasini o‘zgartirdi.

Manchesterliklar Yoro transferi bo‘yicha frantsiyaliklarga bir necha taklif yubordi va oxirgisi klubga ham, o‘yinchining o‘ziga ham ma’qul keldi.

“Yunayted” rahbariyati transfer uchun “Lill”ga 50+12 million evro badal puli va bonus, Yoroga besh yllik shartnomasi va har mavsum uchun 7+2 million evro maosh hamda bonus taklif qildi.

“Real” esa, o‘yinchining shartnomasi tez orada yakunlanishini ro‘kach qilib, transfer bo‘yicha taklifini 20 million evrodan oshirmadi. O‘yinchi manchesterliklarni tanlaganidan keyin “Qirollik klubi” bu yoz markaziy himoyaga yangi futbolchi olmaslikka qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!