
"Manchester Yunayted" Qatar shayxi qo‘liga o‘tsa, Mbappe va yana 2 nafar yulduz "Old Trafford"ga olib kelinadi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Manchester Yunayted"ning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer maqsadiga aylanishi mumkin.
Bild nashri muxbiri Kristian Falkning ma’lum qilishicha, agar MYuni Qatar shayxi Jasim bin Hamad Al Tani sotib olsa, mankunianliklar Mbappedan tashqari yana bir qator etakchi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishadi. “Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga va “Bavariya” yarim himoyachisi Kingsli Koman shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 63 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar