
"Manchester Yunayted" Portugaliya chempionati to‘purarini xarid qilmoqchi
"Manchester Yunayted" "Sporting" vingeri Pedru Gonsalveshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishiga ko‘ra, "qizil iblislar" Sancho transferidan voz kechib, e’tiborini Gonsalveshga qaratmoqchi.
22 yoshli Pedru joriy mavsum 21ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan. Shuningdek, hujumchi hozirda jamoasi hamda chempionat to‘purari hisoblanadi. "Sporting" Gonsalveshni 60 million evroga baholamoqda.
Fikrlar