
“Manchester Yunayted” La Liganing o‘tgan mavsum eng yaxshi to‘purarlaridan birini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" mavsum startidagi omadsizliklardan keyin o‘z safiga yangi hujumchi qo‘shib olishni maqsad qilgan.
“Cope” nashri xabariga ko‘ra, mankunianliklar "Espanol" futbolchisi Raul de Tomasni sotib olish borasida qaror qabul qilgan.
27 yoshli ispaniyalik futbolchi "Manchester Yunayted" ko‘rib chiqayotgan nomzodlar biri. Tomonlar allaqachon ehtimoliy transfer borasida muzokara o‘tkazgan. Kelishuv summasi taxminan 25-30 million evroga baholanmoqda.
De Tomas o‘tgan mavsumda "Espanol"ning La Liga doirasidagi 34 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va Vinisius Junior, Xuanmi va Yago Aspas bilan liga to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Hujumchining “Espanol” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar