
“Manchester Yunayted” kutilmaganda Karlo Anchelottiga taklif yubordi
“Manchester Yunayted” rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Erik ten Xag ishidan qoniqmayotgan ko‘rinadi.
Madrid Xtra nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar “Real” bilan shartnomasi yozda tugaydigan Karlo Anchelottiga taklif yubordi.
Niderlandiyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda jamoaga Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini olib bergan bo‘lsa-da, ayni paytda “Manchester Yunayted” o‘zini ko‘rsata olmayapti. Jamoaning Angliya Premer-ligasida ham, Evropa Chempionlar ligasida ham ishi yurishmayapti.
Karlo Anchelotti esa barqaror natija ko‘rsatadigan murabbiy hisoblanadi. Italiyalik mutaxassis 2021 yildan beri “Real” bilan Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogi, Evropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Fikrlar