“Manchester Yunayted” kurashdan chiqdi

  • 9 fevral, 2021, 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning transfer nishonlari o‘zgarib bormoqda. Avvalroq, Sulsher o‘zi anchadan beri jamoa ko‘rishni orzu qilayotgan Jeydon Sanchoni olish fikridan qaytgan edi.

Tecno

Endi manchesterliklar “Leyptsig” markaziy himoyachisi Dayo Upamekanoni ham olmaydigan bo‘ldi. Frantsiyalik himoyachining ayni paytdagi narxi 60 million evroga baholanayotgan bo‘lsa-da, uning shartnomasida yozda Upamekanoni 42 million evroga olish mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Shunga qaramay, Upamekanoga Evropaning qudratli klublaridan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Uni “Liverpul”, “Chelsi” va “Bavariya” o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda.

22 yoshli himoyachining “Leyptsig” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. U joriy mavsumda 26 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol ham urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!