
"Manchester Yunayted" ko‘zlayotgan futbolchiga "Real" ham qiziqib qoldi
Londonning "Vest Xem" klubi himoyachisi Deklan Rays faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli angliyalik futbolchiga "Real" Madriddan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Qirollik klubi” uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Madrid grandini bu borada "Manchester Yunayted" bilan jiddiy raqobat kutib turibdi. Boisi, mankuanliklar ham Raysni o‘z safida ko‘rishmoqchi. “Bolg‘achilar” esa uning transferini 60 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Rays joriy mavsum “Vest Xem” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar