“Manchester Yunayted”: Ketsang, ketaver!

  • 24 noyabr, 2023, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” markaziy himoyachisi Rafael Varan yaqinda bosh murabbiy Erik ten Xag unga etarli o‘yin amaliyoti bermayotganidan noligan edi. Frantsiyalik futbolchi jamoasini alishtirishga tayyor ekanini bildirgan.

Tecno

The Sun nashriga ko‘ra, klub mutasaddilari futbolchining ketishiga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq xayrlashuv mavsum yakunlanganidan keyin bo‘ladi. Murabbiylar shtabi mavsum oxirigacha Varan xizmatiga ehtiyoj tug‘ilib qolishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Yozda klub rahbariyati himoyachi bo‘yicha barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Varanning manchesterliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Tajribali himoyachiga Italiya va Saudiya Arabistoni jamoalaridan taklif bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!