
"Manchester Yunayted" ikkita futbolchi bilan xayrlashdi
Rasman "Manchester Yunayted" Marsel Sabitser va Vaut Vegxorst bilan xayrlashdi. Buni klub rasmiy bayonot orqali ma’lum qildi.
Ikkala futbolchi ham qishda ijaraga olingandi. "Qizil iblislar" ularni sotib olmaslikka qaror qildi. Endi Vegxorst "Byornli"ga, Sabitser esa "Bavariya"ga qaytadi.
Vautga "Beshiktosh" qiziqayotgani haqda mish-mishlar bor. Aynan ushbu klubdagi o‘yinlari orqali Ten Xag e’tiborini tortgan hujumchi MYuda tarkibida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golda ishtirok etdi. Marselga "Barsa" qiziqmoqda.
Fikrlar