
"Manchester Yunayted" futbolchisining xizmatlarini "Roma"ga taklif qilishmoqda
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.
Leggo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchining vakillari uning xizmatlarini Rim klubiga taklif qilmoqda. Hozircha muzokaralar qay tartibda ketayotgani haqida boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Donni van de Bek yakunlangan mavsum “Manchester Yunayted” safida APLda bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar