
“Manchester Yunayted” futbolchilarning asosiy kamchiligini topdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag muvaffaqiyatga erishish uchun futbolchilarning psixologiyasini to‘g‘rilash kerak, degan xulosaga keldi.
Niderlandiyalik murabbiy talabi bilan klub futbolchilarning psixologik muammolarini bartaraf etish bilan shug‘ullanadigan maxsus mutaxassislarni ishga yolladi.
Bu mutaxassislar o‘yinchilarni futbolga aloqasi bo‘lmagan muammolardan qutilishlari va o‘z iqtidorlarining yangi qirralarini ochishga yordam berish bilan shug‘ullanadi.
Joriy mavsumda “Manchester Yunayted” oldiga kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasiga kirish vazifasi qo‘yilgan. Erik ten Xag shogirdlari hozircha Angliya premer-ligasi musobaqa jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar