
“Manchester Yunayted” endi yutqazmaydi: Erik ten Xag maxsus reja ishlab chiqdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag joriy mavsum uchun uch banddan iborat yangi reja ishlab chiqdi. Agar shu rejaga amal qilinsa, jamoa muvaffaqiyat qozona olishi ta’kidlanmoqda.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, birinchi bandga ko‘ra, futbolchilar ortiqcha gol o‘tkazib yuborishning oldini olish uchun hujumda bo‘lgani kabi himoyada ham shiddatli o‘yin ko‘rsatishi shart.
Ikkinchidan, Erik ten Xag “Manchester Yunayted” o‘yin davomida to‘p nazoratini ko‘proq ushlab turishi lozimligini uqtirmoqda. 54 yoshli mutaxassis shogirdlaridan to‘pni yaxshiroq himoya qilishni talab qilyapti.
Uchinchidan, o‘yinchilar pozitsion o‘yinda o‘zlarini ko‘proq ko‘rsatishga harakat qilishlari kerak. Erik ten Xag maydondagi tushunarsiz xatolarning oldini olish uchun o‘yinchilar o‘z hududlarini to‘g‘ri egallashi naqadar muhimligi aks etgan videoyozuvlarni tahlil qilishga e’tibor qaratmoqda.
Fikrlar