“Manchester Yunayted” endi superyulduzlarni transfer qilmaydi

  • 30 may, 2024, 14:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” xo‘jayinlaridan biri Jim Retkliff transferlarga oid beshta qoida ishlab chiqdi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klubda quyidagi qoidalar joriy qilindi.

1. Yangi olinadigan futbolchilarning yoshi 25dan oshmasligi kerak.

2. Klub superyulduzlarni transfer qilmaydi.

3. O‘yin uslubi texnik direktor Jeyson Uilkoks tomonidan tanlanadi.

4. Bosh murabbiydan aniq o‘yinchi nomi emas, kuchaytiriladigan pozitsiya so‘raladi.

5. Rahbariyat bosh murabbiyga bir pozitsiyaga tanlash uchun uchta futbolchi nomzodini ko‘rsatadi.

“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasida sakkizinchi o‘rinni egallaganiga qaramay, mamlakat kubogini qo‘lga kiritgani bois, kelasi mavsum Evropa Ligasida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!