
"Manchester Yunayted" EChLni yutgan murabbiy bilan muzokaralarni boshladi
"Manchester Yunayted"ning ichki va xalqaro o‘yinlardagi natijalari yaxshi emas. Shu sabab klub rahbariyati bosh murabbiy - Ten Xagni ishdan bo‘shatmoqchi. Uning o‘rniga erkin agent bo‘lib turgan Tomas Tuhelni olib kelmoqchi.
Niderlandiyalik murabbiy boshchiligidagi "qizil iblislar" bu mavsum APLda 7 ta turdan so‘ng 8 ochko jamg‘arib 14 o‘rinda ketmoqda - 2 ta g‘alaba, 2 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat. Bundan tashqari mankunianliklar yangi formatdagi Evropa ligasida 2 ochko bilan 21 pag‘onani band qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tuhel PSJ klubi bilan 2020 yil Evropa chempionlar ligasining finalida harakat qilgan, 2021 yil esa "aristokratlar" bilan chempion bo‘lgan. Germaniyalik bosh murabbiyning so‘nggi klubi "Bavariya" bo‘ldi.
Fikrlar