"Manchester Yunayted" APLdagi antirekordini yangiladi

  • 17 may, 11:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionatining 37-turi doirasida Londonning "Chelsi" klubi "Stemford Bridj" stadionida "Manchester Yunayted"ni qabul qildi. Entso Mareska shogirdlari minimal hisobda – 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, "qizil iblislar" APLdagi bir mavsumda eng ko‘p mag‘lubiyat bo‘yicha klub rekordini yangiladi. Kechagi o‘yin mankunianliklar uchun joriy mavsumdagi 18-mag‘lubiyat bo‘ldi. MYu joriy mavsumda 10 martta g‘alaba qozongan va 9 marotaba durang natija qayd etgan.

37 ta o‘yindan so‘ng Ruben Amorim shogirdlari 39 ochko jamg‘arib, Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. APLning so‘nggi turida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Aston Villa"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!