"Manchester Yunayted" A Seriyaning yana bir hujumchisini ko‘zlamoqda

  • 16 noyabr, 2023, 18:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Italiyaning "Lechche" klubi hujumchisi Nikola Krstovichga ko‘z tikmoqda. "Calciomercato" nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" yanvar oyidagi transferlar oynasida 23 yoshli chernogoriyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Tecno

"Manchester Yunayted" Krstovichning joriy mavsumdagi o‘yinlaridan hayratda. Mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag Krstovichni jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan hujumchi sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli hujumchi Italiya A Seriyasida 11 o‘yinda to‘rtta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!