"Manchester Yunayted" 20 yoshli himoyachi bilan kelishuvga erishdi

  • 24 yanvar, 15:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lechche" himoyachisi Patrik Dorgu hali ham "Manchester Yunayted"ning qiziqish doirasida qolmoqda. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.

Tecno

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati 20 yoshli futbolchi uchun taxminan 30 million evro taklif qilishga tayyor. MYu Dorgu bilan kelishuvga erishgan, ammo transfer masalasini Italiya klubi bilan hal qilish qolmoqda.

Avvalroq matbuotda "Lechche" himoyachining transferi uchun 40 million evro talab qilayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Joriy mavsumda Patrik Italiya chempionatida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!