
“Manchester Siti” Xoland bo‘yicha takliflarga javob qaytardi
Keyingi paytda “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning klubni tark etigi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘payib ketdi.
Xususan, ispan matbuoti “Barselona” va “Real” yozda Erling Xolandni olishga harakat qilishi haqida yozmoqda. Manbalarda norvegiyalik hujumchining o‘zi ham La Ligaga ko‘chib o‘tishga qarshi emasligi aytilyapti.
“Manchester Siti” bu xabarlarga munosabat bildirdi. TEAMtalk nashrining yozishicha, “shaharliklar” qanday taklif bo‘lishidan qat’i nazar, kelayotgan yozda 24 yoshli forvardni klubdan qo‘yib yubormasligini bildirgan.
Biroq, manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar Xoland transferi uchun rekord summa taklif qilingan taqdirdagina hujumchining ketishiga ruxsat beradi.
Fikrlar