"Manchester Siti" o‘z tarixidagi eng qimmat tarkibni maydonga tushirdi

  • 15 avgust, 2021, 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni daqiqalarda Angliya premer-ligasining ilk turidan o‘rin olgan “Tottenxem” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Xosep Gvardiola quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirdi: Ederson - Joau Kanselu, Ruben Diash, Natan Ake, Benjamen Mendi - Ilkay Gyundogan, Fernandino, Jek Grilish - Riyad Maxrez, Ferran Torres, Raxim Sterling.

Football For All tarqatgan xabarga qaraganda “Manchester Siti”ning Londondagi o‘yinda tushgan asosiy tarkib futbolchilari narxi 650 mln evroni tashkil etadi. O‘rta hisobda har bir futbolchi 60 mln evro turadi.

E’tiborlisi, bu “Manchester Siti” tarixida maydonga tushgan eng qimmat asosiy tarkib hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!