
"Manchester Siti" Gvardiol bilan kelishib oldi
"Manchester Siti" mazkur yozda ham katta transferlarni amalga oshirishi kutilmoqda. "Shaharliklar" keyingi haftada Yoshko Gvardiolni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning ta’kidlashicha, himoyachi bilan shaxsiy kelishuvga erishilgan. Endi tomonlar muzokaralar o‘tkazishi kerak bo‘ladi. "Leyptsig" 100 million evro istamoqda. Ayni dam manchesterliklar 20 yoshli futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiolni o‘tgan yozda "Chelsi" sotib olishga juda yaqin kelgandi. Germaniya klubi 90 million evrolik taklifni rad qilgandi.
Fikrlar