
Manchester klubi bosh murabbiyi Flik kelmagan taqdirda "Bavariya"ni boshqarishi kutilyapti
Erik Ten Xag hamon "Bavariya" murabbiyligi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
"Sky Sports" jurnalisti Kerri Xauning so‘zlariga ko‘ra, Myunxen klubi Flikni qaytara olmasa, "Manchester Yunayted" murabbiiyi Erik Ten Xagga e’tiborini qaratadi. O‘z navbatida niderlandiyalik mutaxassisning o‘zi ham nemis grandini boshqarish g‘oyasiga qarshi emas.
U so‘nggi paytlarda MYuda qayd etilayotgan salbiy natijalar fonida muxlislar ishonchini yo‘qotgan. Shuningdek, rahbariyat ham kelasi mavsumda uni qoldirishga qaror qilgan bo‘lsa-da, murabbiyning maoshi 25 foizga tushirilishi ma’lum bo‘lgandi.
Avvalroq, Flik "Bavariya"ga qaytishga qarshi emasligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar