
Manba Zidan kelajagi bo‘yicha klubning qarori qat’iy ekanini ma’lum qildi
"Real" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga ishonishda davom etadi, deya xabar bermoqda As nashri.
Madridliklar "Alaves" va "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchragani ortidan Marca nashri klubda mutaxassisga bo‘lgan ishonch kamaygani haqida xabar bergan edi
Biroq direktorlar kengashining mavsum byudjeti taqsimoti bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi oldidan manba ushbu ma’lumotni rad etib chiqdi.
"Zidanning "Real"dagi kelajagi kun tartibida emas. Klub murabbiyning qarorlarini shubha ostiga olmayapti. U "Real" tarixining bir bo‘lagiga aylangan, shunday ekan uning kelajagini muhokama qilish yaramaydi. Biz hamon Chempionlar ligasida birinchi o‘rinni egallash imkoniyatiga egamiz.
Klub Zidanni shubhasiz qo‘llab-quvvatlaydi",- As nashri "Real"dagi ishonchli manbaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Fikrlar