
Manba: Serxio Aguero "Barselona" bilan shartnoma imzolash bo‘yicha kelishib oldi. Bitim qachon va qancha muddatga tuzilishi ma’lum (Foto)
Oxirgi paytda "Manchester Siti" klubi hujumchisi Serxio Aguero yozda jamoani tark etishi borasida xabarlar tinmayapti.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, argentinalik futbolchi "Barselona"ga o‘tadi. Tomonlar EChL finalidan so‘ng 2023 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolash bo‘yicha kelishib olgan.
Avvalroq Aguero "shaharliklar"ni EChLda g‘oliblikka erishsa tark etishini ma’lum qilgandi. Aftidan Serxio hal qiluvchi bahsda "Chelsi"ni engishiga ishonchi komil yoki jamoadagi murabbiy bilan kelishmovchilik uni shunday qarorga kelishiga sabab bo‘lgan.
Argentinalik tajribali hujumchi joriy mavsum APL doirasida 11 uchrashuvda maydonga tushdi va 2 bor gol urdi.
Fikrlar