
Manba: "Real" Alabaning jarohatiga qaramay himoyachi sotib olmaslikka qaror qilgan
"Real" qishda himoyachi sotib olmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Ispaniyaning taniqli "Marca" nashri xabar berdi.
Mudofaa vakili David Alabaning jiddiy jarohat olganiga qaramay, rahbariyat tarkibdagi futbolchilar bilan uning o‘rnini to‘ldirish imkoni mavjud, deb hisoblamoqda. Biroq bosh murabbiy Karlo Anchelotti kamida bitta markaziy himoyachi sotib olishni istayapti.
Ayrim mish-mishlarga ko‘ra, "Real" himoyasida Orelen Tchuameni va Toni Kroos kabi yarim himoyachilar ham harakat qilishi mumkin. Yirik transferlar esa asosan, yozda amalga oshirilishi ehtimoli yuqori.
Fikrlar