Manba: "Liverpul" Konatega yangi shartnoma taklif qildi
"Liverpul" rahbariyati himoyachi Ibraima Konatega shartnomani uzaytirish bo‘yicha yakuniy taklifini berdi, deya xabar berdi "Indykaila News".
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, agar Konate shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lsa, u "Liverpul"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi. "Real Madrid" ham himoyachiga faol qiziqish bildirmoqda. Bu mavsumda 26 yoshli frantsuz barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Konatening mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi 55 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar