
Manba: Kanseluning "Barsa"ga transferi yakunlandi (foto)
"Manchester Siti" futbolchisi Joau Kanselu faoliyatini "Barselona"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
U bugun Barselonaga uchib keladi. Katalon klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan mavsum yarmini "Bavariya" safida ijara asosida o‘tkazgan edi.
Fikrlar