Manba: Benzema — 2022 yilgi "Oltin to‘p" sohibi

  • 1 oktabr, 2022, 07:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Karim Benzema 2022 yilda “Oltin to‘p”ni allaqachon qo‘lga kiritgan, deya xabar berdi "Goal" nashri. Qolaversa, frantsuz ikkinchi o‘rindagi futbolchi bilan tarixdagi eng katta farq bilan sovringa ega chiqadi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Benzema o‘tgan mavsumda Ispaniya La Ligasi va Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.

“Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi Lionel Messi bu yilgi sovringa da’vogarlarning kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilmagan.

Hozir 180 nafar jurnalist “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda ishtirok etmoqda.

Saylovchilar ro‘yxatdan besh nafar o‘yinchini tanlaydilar va ovoz berish natijasiga ko‘ra joylashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!