Manba: "Bavariya" Xabi uchun kurashda favoritga aylandi

  • 7 mart, 2024, 08:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso ayni damda Evropaning ikki grandi o‘rtasida "talash bo‘lyapti". So‘nggi haftda ispaniyalik murrabbiyning "Bavariya" va "Liverpul" jamoalaridan birida ish boshlashi haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp yozda ketishini ma’lum qilgan bo‘lsa, Tomas Tuxel ham mavsum so‘ngida lavozimidan ozod qilinishi e’lon qilindi.

Tecno

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, ayni damda myunxenliklarning imkoniyati bu borada yuqoriroq. 

"2-3 hafta oldin men "Liverpul"ni favorit sifatida ko‘rayotgan edim, biroq "Bavariya" Xabiga daxshatli taklif berdi. Endi Alonso jamoa rahbariyatining ustuvor maqsadlaridan biriga aylandi", - deya yozdi Plettenberg.

Eslatib o‘tamiz, Xabi shogirdlari ayni damda 64 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalini boshqarib turibdi. Keyingi o‘rindagi "Bavariya" bilan oradagi farq 10 ochkoni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!