Mamlakat chempionati yakunlandi
Shotlandiya chempionati muddatidan oldin yakunlandi. Liga va uning tarkibidagi klublar o‘rtasidagi uchrashuv natijasiga ko‘ra, chempionatning qolgan qismini o‘tkazib bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi va shu sababli muddatidan oldin yakunlandi.
Jamoalarning turnir jadvalidagi yakuniy o‘rinlari mart oyida musobaqani to‘xtatib qo‘ygan paytdagi har bir uchrashuvdagi o‘rtacha ochkolar bo‘yicha hisoblab chiqilgan.
Shunday qilib, chempionlte unvoni "Seltik"ga o‘tdi, u eng yaqin ta’qibchisi "Reynjers"ni 13 ochko ortda qoldirishga erishdi. Oliy divizionni 12-o‘rinni egallagan "Xarts" tark etdi.
Shunga o‘xshash choralar Shotlandiyadagi ikkinchi va uchinchi ligalarida ham amalga oshirildi, deya xabar beradi mahalliy futbol uyushmasi matbuot xizmati.



Fikrlar