
Malkom "Zenit"ni tanladi. Chunki...
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Malkom faoliyatini qaysi jamoada davom ettirish masalasida bir qarorga keldi.
Sport.es nashri tarqatgan xabargak ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchi "Zenit" va "Everton" klublari o‘rtasida tanlovni amalga oshirdi. Yakunda esa u Rossiya chempioni safiga o‘tishni tanladi.
Gap shundaki, piterliklar Malkomga nisbatan yaxshiroq maosh taklif qilishgan. Aniqrog‘i, agar u “Zenit”ga o‘tsa, u holda yiliga 6,5 mln evro maosh olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Malkom o‘tgan mavsum “Barselona” safida 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar