
Malkom "Zenit"ga o‘tgani haqida: Hammasi tez sodir bo‘ldi
Bugun “Barselona”dan “Zenit”ga ko‘chib o‘tgan braziliyalik vinger Malkom piterliklar a’zosiga aylanganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Mening transferimda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Hammasi tez sodir bo‘ldi. Umid qilamanki, tezda gol urishni boshlab yuboraman va jamoaga foyda keltiraman”, - deydi Malkom.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi Rossiya chempioni bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar