Malkom "Zenit" bilan shartnoma imzolash uchun Rossiyaga uchib ketdi (video)
Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Malkom yaqin soatlar ichida “Zenit” futbolchisiga aylanadi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchi bugun “ko‘k-anor ranglilar” mashg‘ulotida ishtirok etmagan. Chunki, u “Zenit” bilan shartnoma imzolash uchun Sankt-Peterburgga uchib ketgan. Ta’kidlash kerakki, u shaxsan rus klubi sport direktori Xaver Ribalta hamrohligida Piterga kelmoqda.
Malkomning “Zenit”ga o‘tgani bugun yoki ertaga rasman e’lon qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Malkom “Zenit”da yiliga 6 mln evro maosh olishi borasida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar