Maksim Shatskix: "O‘rinboev yozgi transferlar oynasi ochilgach, safimizga qo‘shilishi mumkin"

  • 22 iyun, 2024, 13:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan OKMK - "Paxtakor" o‘yinida mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Dastlab, Cheran hisobni ochgan bo‘lsa, Sentoku imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Taym so‘nggida Abdumajidov jamoasini oldinga olib chiqdi, lekin ikkinchi bo‘limda so‘nggi daqiqalarda olmaliqliklar 3 ta gol bilan g‘alabani ilib ketdi. 

Uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yinni  ko‘rdingiz, 6 ta gol ko‘rdik. Muxlislarga yoqdi. OKMK ishqibozlari xursand bo‘lib ortga qaytdi, ammo o‘zimizni muxlislarni xursand qila olmadik. Afsuski, mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Xatolarimiz sababli o‘zimizga-o‘zimiz olib keldik. Hamma raqib ham buni kechiravermaydi. Yoshlar bilan  stabillik namoyish etish qiyin. Xatolar ustida ishlashda davom etamiz.

O‘rinboev hozircha qaydnomada yo‘q. Yozgi transfer oynasi ochilgach, uni safimizga qo‘shishimiz mumkin.

Biz chekinmadik. O‘yinda davom etdik. OKMK ko‘proq bosim qildi. Ayrim futbolchilarga ko‘rsatmalarni etkazib berishni imkoni bo‘lmayapti. Yana ayrimlari o‘ziga begona bo‘lgan pozitsiyada to‘p surmoqda. Buni ham o‘rganish lozim. Masalan Behruz Asqarov chap qanotga o‘tdi. Afsuski, bu zonada bizda boshqa futbolchi yo‘q. Har safar shogirdlariingizga nima istayotganini tushuntirib bo‘lmaydi.

Penalti juda kulguli. Tushunamiz, ular yoshlar, ammo aynan ular xato qilmasligi kerak. Mayli, Rasul  4-golda xato qildi, biroq 19 yoshli futbolchi uchun yomon ko‘rinmayapti. Hojiakbar maydonga chiqdi va futbolni sog‘ingani sezildi. Tushunaman, futbolchilar tezroq maydonga qaytishni istaydi, ammo shifokorlar ko‘rsatmasi bor. Biz shundoq ham, ularni hammasiga rioya qilmayapmiz. 3-4 mashg‘ulotda ishtirok etib birdaniga yana maydonda mo‘jiza ko‘rsatishni imkoni yo‘q. Buni jismonan va ruhan imkoni yo‘q. Yarim mavsumni o‘tkazib yubordi ular. Atigi 2-3 mashg‘ulotni o‘zi etarli emas. Ular tayyor emas. Shu sababli, ularni o‘yinlarda sekin-asta zaxiradan jangga tashlab, o‘yin tonusiga kirib olishini ta’minlayapmiz, - dedi "sherlar" ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Duvlan
23/06/2024 14:50
Максим, сани ўрнингда бошқа бўганда аллақачон отставкага чиқарди, лекин санда на уят, на ор-номус бор, тезроқ кет, пахтакор тезроқ ўзига келсин.